Xizmatlarimiz

Turkiston Sayyidlari va Eshonlari Jamiyatining maqsadi va faoliyati

- Yurtdoshlarimizda saqlanayotgan qadimgi qo’lyozma, shajaralar, va hujjatlarni manba sifatida o’rganish va hozirgi o’zbek tiliga tarjima qilish, aholiga shajaralarni tiklash va yangi shajaralarni tuzishda amaliy yordam berish.
- Murojaatlardan kelib tushgan shajaralar va tarixiy manbalarni tekshirish, tahlil qilish va kompyuterda qayta terish.
- Manbalardagi shaxslar hayoti haqida batafsil o’rganib chiqib, ma’lumot berish.
- Manbalardagi muhrlar va abjad hisobidagi sanalarni o’rganib tadqiq qilish.
- Ajdodlar shajarasini tadqiq qilish. Jumladan uning kimlarga borib taqalishini aniqlash, uning davomchilarini izlash, tahlil va tahrir ishlarini olib borish.
- Qo’llarida shajarasi bo’lmagan shaxslarga taqdim qilgan hujjatlariga doir shajarani davom ettirishda ko’maklashish. Ularni shajarani davom ettirish sxemasi bilan tanishtirish.
- Muayyan avlod vakillarining tarixda yoki bugun qilgan ishlarini risolada bayon qilish. Jumladan ota-bobolaridan qolgan yozma yodgorliklar, insho etilgan binolar, madaniy va ma’rifiy sohada amalga oshirgan ishlarini yoritsh.
- Kerak bo’lganda yodgorliklar yoki binolarni ko’rib bayon qilish uchun bevosita ekspeditsiya uyushtirish.
- Tarixiy va oilaviy fotosuratlardan foydalinib ularga izoh berish. Qadimgi suratlarni tiklash.
- Mijozning istagiga qarab ekskluziv shajaralar tayyorlash (yog’och o’ymakorlik ishlari, zargarlik, noyob matolar va shunga o’xshash buyumlardan)
- Mijoz buyurtmasiga ko’ra shajaralarni elektron tarzda tayyorlab berish.
- Diyorimizda yashab o’tgan mashhur shaxslar shajarasini o’rganish va uni tatbiq qilish.
- Mijozlarning tayyor manbalarini jamiyat tomonidan tasdiqlash va sertifikat berish.
Biz bilan a`loqa: +998 94 6229942
