Shajara

TURON ILM FAN
Turkiya Respublikasi «TURKISTON SAYYIDLARI VA ESHONLARI» XORIJIY XALQARO JAMIYATI  hamda  O’zbekiston Respublikasi «TURON-ILM-FAN» MCHJ ning  «MANBASHUNOSLIK va SHAJARASHUNOSLIK» bo’limi o’rtasida HAMKORLIK MEMORANDUMI imzolandi

 

Kuni kecha O’zbekiston Respublikasi Toshkent shahrida joylashgan «TURONILMFAN» MCHJ ning o’quv markazida Turkiya Respublikasi Turkiston Sayyidlari va Eshonlari xorijiy xalqaro jamiyati raisi ustoz Shayx Sayyid Sardorxon Jahongir Jiyloniy hazratlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Turon Ilm Fan Markazi

Mazkur uchrashuvda Phd doktori Sayyid Ilhomxon Bahodir ustozimiz Naqib al-Ashraf Shayx Sayyid Sardorxon Jahongir Jiyloniyga Iroq davlatidagi “Naqabat Sadat al-Ashraf” tashkiloti raisi  Shayx Sayyid Sharif Xizr Naimiy Hasaniy Hoshimiy tomonidan berilgan IJOZA hujjatini topshirdilar. Mazkur hujjat IJOZA egasiga ansob (nasab) ilmida, manbashunoslik va shajarashunoslikda hamda naqobat sohasida Iroq naqobati nomidan ham faoliyat olib borishga va xalqaro darajada shajaralarni tasdiqlashga ruxsat beradi.

Sayyid Sardorxon Jahongir

Shuningdek, mazkur uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi «TURON-ILM-FAN» MCHJning «Manbashunoslik va Shajarashunoslik» bo’limi hamda Turkiya Respublikasi “Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” xorijiy xalqaro jamiyati o’rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Sayyid ilhom Bahodirov

Ushbu imzolangan hamkorlik memorandumida ikki davlatning naqobatlari o’rtasida manbashunoslik va shajarashunoslik sohasida manbalar almashinuvi, ilmiy-amaliy tadqiqotlar o’tkazish, O’zbekiston va O’rta Osiyodagi  shajaralarni xalqaro darajada tasdiqlash, mutaxassislar almashinuvi va ularning amaliyotlari, konferensiya, simpozium, treninglar va turli ilmiy tadbirlarga oid mavzular belgilab olindi.

 

«Turkiston Sayyidlari va Eshonlari»

xorijiy xalqaro jamiyati MATBUOT XIZMATI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.