Shajara

naqib

Toshkentda «Turkiston Sayyidlari va Eshonlari» хalqaro jamiyati raisi bilan ilmiy-amaliy uchrashuv bo’lib o’tdi

Kuni kecha Turkiya Respublikasi «Turkiston Sayyidlari va Eshonlari» shajaralarni tadqiq etish va tasdiqlash хalqaro jamiyati raisi Sayyid Sardorxon Jahongirxon Jiloniy ona Vatani boʼlmish Oʼzbekistonga Toshkent shahriga tashrif buyurdilar. Shu munosabat bilan «Turkiston Sayyidlari va Eshonlari» хalqaro jamiyatining Oʼzbekistondagi faxriy shajarashunoslari va mintaqaviy vakillari ishtirokida tor doiradagi ilmiy-amaliy uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Mazkur davra suhbatida Shayx Аbdulqodir Jiyloniy Gʼavsul Аʼzamning avlodi Sayyid Аbulqosimxon eshonbobo, mintaqaviy vakil Sayyid Sarvarxon Jiyloniy, faxriy shajarashunos va tarixchi olim, Аvliyo Suzuk Otaning avlodi Аsqar Hoji Obidov, mintaqaviy vakil va tadqiqotchi-shajarashunos, Ishtixonning soʼnggi qozisi Qozi Sayyid Bahodirxonning avlodi Sayyid Ilhomxon Bahodirov, mintaqaviy vakillardan Sayyid Аlixontoʼra Sogʼuniyning avlodi Sayyid Nodirxon Shokirxon, xalqaro jamiyatning Oʼzbekistondagi ilmiy kotibi Sayyid Olimxoʼja va ustozimizning muxlislari ishtirok etdilar.

shajarashunos

shajarashunos

shajarachi

Uchrashuvda «Turkiston Sayyidlari va Eshonlari» shajaralarni tadqiq etish va tasdiqlash хalqaro jamiyati raisi Sayyid Sardorxon Jahongirxon barchani yaqinlashib kelayotgan muqaddas Ramazoni Sharif oyi bilan tabrikladilar hamda ansob ilmining darajasi va hozirgi davrdagi ahamiyati, uning umumiy tariximiz, oʼzligimizni anglashdagi va hozirgi kundagi dolzarbligi, naqobatda ustoz-shogird anʼanalarini ham izohlab, Oʼzbekiston hududida olib borilayotgan shajarashunoslikka oid ilmiy tadqiqot va izlanishlarni yanada kengaytirish kerakligini taʼkidlab oʼtdilar. Shu munosabat bilan Turkiya Respublikasi «Turkiston Sayyidlari va Eshonlari» хalqaro jamiyatining asosiy filialini Toshkent shahrida tashkil etish masalasi taklif etildi va tashkiliy ishlar masalasi koʼrib chiqildi.

Shu bilan birgalikda, faxriy shajarashunos Аsqar hoji Obidov uzunligi 6 metrli tariqat silsilasi oltin zanjirining qadimiy qoʼlyozmasi va uning yangi sxema-jadval koʼrinishidagi plakatini ishtirokchilarga havola etdilar. Shuningdek, «Turkiston Sayyidlari va Eshonlari» хalqaro jamiyati raisi dunyodagi pandemiya sharoitida ham 2020 yilda хalqaro jamiyatning shajarashunoslari tomonidan Oʼzbekiston va Qozogʼistondagi sayyidlar, eshonlar, xoʼjalar hamda aziz avliyolarning avlodlariga mansub 20 dan ziyod qoʼlyozma shajaralar va tariqat silsilalari tadqiq etilganligi, hamda хalqaro jamiyatning Oʼzbekistondagi faxriy shajarashunoslari Аsqar hoji Obidov va Sayyid Komilxon Kattaevlar tomonidan aziz avliyolar tarixiga oid bir necha kitoblar va risolalar nashr etilganligi ham tahsinga sazovor ekanligini taʼkidladilar.

Naqib

Nababat

Naqabat

Uchrashuv yakunida Turkiya Respublikasi «Turkiston Sayyidlari va Eshonlari» хalqaro jamiyati raisi Sayyid Sardorxon Jahongirxonga halqaro jamiyatning O’rta Osiyo va Oʼzbekistondagi mintaqaviy vakili Sayyid Ilhomxon Bahodirov tomonidan aziz avliyolar tarixiga oid risolalar va kitoblar toʼplami va Qozogʼiston Respublikasining “Turkiston viloyati Qorachiq 2000 yilligi” faxriy doʼstlik medali hamda Pokiston Islom Respublikasidagi “Naqobat al Аshraf Pokiston” хalqaro tashkilotining raisi Sayyid Аli Аbbos Jiyloniy tomonidan taqdim etilgan “Naqobat Ishonch Yorligʼi” topshirildi.

Naqib al Ashraf

Sayyid Ilhom

Naqabat Sadat al Ashraf

Yigʼilish barcha ishtirokchilarda katta taasurot qoldirishi bilan bir qatorda, ijobiy xulosalarga kelindi hamda xalqaro jamiyat vakillari tomonidan yaqin kelajakda amalga oshirilishi zarur boʼlgan vazifalar belgilab olindi.

 

«Turkiston Sayyidlari va Eshonlari»

хalqaro jamiyati MATBUOT XIZMATI

Опубликовано
В рубрике Maqolalar

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *