Shajara

Kafkas Üniversites

Turkiya Respublikasi KARS-KAVKAZ UNIVERSITETI (Kafkas Üniversites) rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi

“TURKISTON SAYYIDLARI VA ESHONLARI” XORIJIY XALQARO JAMIYATI raisi hamda AL-BUKHARI UNIVERSITY xalqaro bo’lim boshlig’i, PhD doktori SAYYID SARDORXON JAHONGIR JIYLONIY HASANIY shu kunlarda Turkiya Respublikasi KARS-KAVKAZ UNIVERSITETI rahbariyati bilan rasmiy uchrashuvda bo’lib turibdilar.

DOKTOR SAYYID SARDORXON JAHONGIR JIYLONIY HASANIY mazkur Universitetning bir qator hurmatli olimlari va ustozlari Kavkaz universiteti rektori professor doktor HUSNU KAPU, Universitet xalqaro bo’lim boshlig’i va O’rta Osiyo xalqlari madaniyati markazi rahbari professor doktor HAJI ALI NEJEF O’G’LI, Ilohiyot fakulteti hadisshunoslik kafedrasi mudiri doktor ALPASLAN KARTAL va Fan-adabiyot fakulteti turkologiya kafedrasi mudiri professor doktor MITHAT DURMUSH kabi hurmatli olim va ustozlari bilan uchrashuvlar o`tkazdilar.

KARS-KAVKAZ UNIVERSITETI

KARS-KAVKAZ UNIVERSITETI KARS-KAVKAZ UNIVERSITETI

KARS-KAVKAZ UNIVERSITETI KARS-KAVKAZ UNIVERSITETI

 

Shuningdek, uchrashuv chog’ida «ABUL HASAN HARAKANI» ilmiy markazi rahbari Doktor ALPASLAN KARTAL hamda “TURKISTON SAYYIDLARI VA ESHONLARI” XORIJIY XALQARO JAMIYATIning asoschilaridan SAYYID MUHAMMADHON JAHONGIR JIYLONIY HASANIYlar bilan naqobat faoliyatiga oid ilmiy suhbatlar bo’lib o’tdi.

shajra naqabat

HARAKANI

Uchrashuv chog’ida “TURKISTON SAYYIDLARI VA ESHONLARI” XORIJIY XALQARO JAMIYATining O’rta Osiyodagi ayniqsa O’zbekiston Respublikasidagi sayyidlar tarixini o’rganish, ularning shajaralarini tadqiq etish va tasdiqlashdagi olib borilayotgan ilmiy-amaliy faoliyati haqida hamda Toshkentda ochilgan AL-BUKHARI UNIVERSITY faoliyati haqida qizg’in suhbatlar bo’lib o’tdi. Suhbat yakunida “TURKISTON SAYYIDLARI VA ESHONLARI” XORIJIY XALQARO JAMIYATI va KARS-KAVKAZ UNIVERSITETI o’rtasida tuzilgan ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi va nizomi yangitdan imzolandi.

Harakani nizomi

Harakani nizomi 2

Harakani nizomi 3

Shunungdek, yaqin kunlarda AL-BUKHARI UNIVERSITY va KARS-KAVKAZ UNIVERSITETI o’rtasida o’zaro hamkorlik qilish yuzasidan memorandum imzolashga kelishib olindi.

 

«Turkiston Sayyidlari va Eshonlari»

xalqaro jamiyati MATBUOT XIZMATI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *