Shajara

Oltin Meros

“TURKISTON SAYYIDLARI VA ESHONLARI” xorijiy xalqaro jamiyatining O’zbekiston mintaqasi bo’yicha vakili va faxriy shajarashunosi  Asqar hoji Obidovga xalqaro “Oltin Meros” faxriy medali topshirildi


Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi xalqaro «Oltin Meros» xayriya jamoat fondida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Xalqaro fondning raisi Karimov Amirqul Raimovich  O‘zbekiston Respublikasi xalqaro «Oltin Meros» xayriya jamoat fondi qoshidagi “Shajarashunoslik va Manbashunoslik” xalqaro jamoaviy bo‘limi tomonidan buyuk ajdodlarimiz tarixi va ularning ulkan qadriyatlarini o‘rganish, tarixiy manbalar va qo‘lyozma shajaralarni tadqiq va tahlil etish hamda ularni qayta tuzish va tasdiqlash bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-amaliy faoliyatidan mamnun ekanliklarini ta’kidlab, ushbu xalqaro bo‘limga xolisona mudirlik qilib kelayotgan hurmatli ustoz, tarixchi va faxriy shajarashunos olim, dunyodagi bir necha xalqaro naqobatlar birlashmalari va ilmiy tashkilotlar a’zosi, xalqaro Phd doktori Asqar hoji Obidovga xalqaro “Oltin Meros” faxriy medalini topshirdilar. 

Oltin Meros

Oltin Meros fond

Ustozimiz Asqar hoji Obidovga uzoq umr, mustahkam sog‘lik-salomatlik hamda ushbu savobli ishlarida hayru-baraka va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

 

 

«Turkiston Sayyidlari va Eshonlari»

xorijiy xalqaro jamiyati MATBUOT XIZMATI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.