Shajara

Biz haqimizda

uzor
Shajaralarni tadqiq qilish va tasdiqlash markazi

Turkiston Sayyidlari va Eshonlari

“Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” xalqaro jamiyati 2005 yili islomshunos olim Muhammadxon Jahongirov Sirojiddinxon o’g’li hamda tilshunos va manbashunos olim Sardorxon Jahongirov Abulqosimxon o’g’li tomonidan g’oyalashtirilgan. Shu kungacha mazkur mutaxassislar shajaralar borasida bir qancha izlanishlar olib borganlar. Izlanishlarning boshlang’ichi o’laroq ular o’zlarida saqlanib kelgan shajaralarni tadqiq qilish bilan boshlaganlar. Hozirda esa mazkur shajaralar tadqiqoti o’z ishini yakunlagan va xalqaro darajada o’z tasdig’ini topgan. “Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” xalqaro jamiyati hozirda o’z faoliyatini davom ettirib kelyapdi.

brouwn

Xalqaro jamiyat ta’sischilarining asosiy g’oyalari, yurtdoshlarimizda saqlanayotgan qadimgi qo’lyozmalar, shajaralar va hujjatlarni manba sifatida o’rganish, hozirgi o’zbek tiliga tarjima qilish, aholiga shajaralarni tiklash va yangi shajaralarni tuzishda amaliy yordam berish, manbalardagi shaxslar hayoti haqida batafsil o’rganib chiqib, ma’lumotlar berish, ulardagi muhrlar va abjad hisobidagi sanalarni o’rganib tadqiq qilish, ajdodlar shajarasini o’rganish, jumladan uning kimlarga borib taqalishini aniqlash, uning davomchilarini izlash, tahlil va tahrir ishlarini olib borishdan iborat.

“TURKISTON SAYYIDLARI VA ESHONLARI”

Jamiyatining sertifikatlari

JAMIYATNING MUHRI VA RAMZI

Ochib ko`rish

brouwn

Mazkur xalqaro jamiyat shajaralarni o’rganish bilan bog’liq bo’lgan xorijdagi tashkilotlar, xalqaro naqobatlar bilan aloqalarni o’rnatgan va ular tomonidan e’tirof etilgan. Uning asosiy markazi hozirda Turkiya Respublikasida “Türkistan Seyyidler ve Şerifler derneği” ya’ni “Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” xalqaro jamiyati nomi bilan rasmiy ro’yxatdan o’tgan. Mazkur jamiyat o’zining nizomi, muhri, ramzlari va rasmiy websayti hamda shajarlarni tasdiqlanganlik haqida beriladigan sertifikatlariga ega. Shuningdek xalqaro jamiyatning dunyodagi boshqa mamlakatlarda, jumladan O’zbekiston, Saudiya Arabistoni, Pokiston va Yaqin Sharq mamlakatlarida mintaqaviy vakillari mavjud.

Xalqaro jamiyatning tashkilot muassislaridan hisoblangan va hozirda Turkiya Respublikasi, Kars shahri, Kavkaz Universiteti, Ilohiyot (dinshunoslik) fakultetining ilmiy xodimi islomshunos, phd doktori, filolog, Shayx Abdulqodir Jiyloniy q.s.ning avlodi, Jiyloniy sayyidlar vakili, naqib al-ashraf Sayyid Sardorxon Jahongirov boshqaradi.

2020 yilning boshlarida jamiyat qayta tashkil etilib, xalqaro hamkorlari soni yanada kengaydi va Turkiya Respublikasi, Kars shahri, Kavkaz Universiteti va Abul Hasan Haraqoniy ilmiy-taqqiqot markazi jamiyatning yangi muassisi etib belgilandi. Shuningdek, xorijiy xalqaro jamiyat O’zbekiston Respublikasida rasmiy vakolatxonasi bo’limini ochdi va o’zining web saytini qayta tashkil qildi. Xalqaro jamiyat òzining shajarashunos va manbashunos mutaxassislariga ega bòlib,  ularning orasida professor olimlar, «Abul Hasan Haraqoniy» ilmiy-tadqiqot markazi raisi, hadisshunos va manbashunos olim, doktor Alpaslan Kartal janoblari va doktor Ibrahim Hatib oglu janoblari hamda Shayx Abdulqodir Jiyloniy q.s. avlodlari vakili, islomshunos va hadisshunos olim Sayyid Muhammadxon Jahongirov,  Ahmad Yassaviy avlodlari vakili, tarixchi olim, akademik, shajarashunoslik  ilmi va islom sivilizatsiyasi tarixi bo’yicha xalqaro phd doktori, naqib al-ashraf Mir Asqar hoji Obid va Makhdumi Azami sayyidlar vakili, manbashunos olim, naqib al-ashraf Sayyid Komilxon Kattayev singari faxriy shajarashunoslar hamda O’rta Osiyo va Òzbekiston hududi bòyicha mintaqaviy vakillar Sayyid Sarvarxon Jahongirov hamda xalqaro phd doktori va bir necha xalqaro naqobatlarning vakili va naqibi, Razzaviy-Hussayniy sayyidlar vakili, naqib al-ashraf Sayyid Ilhomxon Bahodirovlar faoliyat yuritib kelishmoqda.