Biz haqimizda

Shajaralarni tadqiq qilish va tasdiqlash markazi

Turkiston Sayyidlari va Eshonlari

“Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” jamiyati O’zbekiston Respublikasi Toshkent shahrida 2005 yil, islomshunos olim Muhammadxon Jahongirov Sirojiddinxon o’g’li hamda tilshunos olim Sardorxon Jahongirov Abulqosimxon o’g’li tomonidan g’oyalashtirilgan. Shu kungacha mazkur mutaxassislar shajaralar borasida bir qancha izlanishlar olib borganlar. Izlanishlarning boshlang’ichi o’laroq ular o’zlarida saqlanib kelgan shajaralarni tadqiq qilish bilan boshlaganlar. Hozirda esa mazkur shajaralar tadqiqoti o’z ishini yakunlagan.

Jamiyat ta’sischilarining asosiy g’oyalari esa, yurtdoshlarimizda saqlanayotgan qadimgi qo’lyozmalar, shajaralar va hujjatlarni manba sifatida o’rganish, hozirgi o’zbek tiliga tarjima qilish, aholiga shajaralarni tiklash va yangi shajaralarni tuzishda amaliy yordam berish, manbalardagi shaxslar hayoti haqida batafsil o’rganib chiqib, ma’lumot berish, ulardagi muhrlar va abjad hisobidagi sanalarni o’rganib tadqiq qilish, ajdodlar shajarasini o’rganish, jumladan uning kimlarga borib taqalishini aniqlash, uning davomchilarini izlash, tahlil va tahrir ishlarini olib borishdan iborat.

“TURKISTON SAYYIDLARI VA ESHONLARI”

Jamiyatining sertifikati

JAMIYATNING MUHRI VA RAMZI

Mazkur jamiyat shajaralarni o’rganish bilan bog’liq bo’lgan xorijdagi tashkilotlar bilan aloqa o’rnatgan. Uning asosiy markazi hozirda Turkiya Respublikasida “Türkistan Seyyidler ve Şerifler derneği” ya’ni “Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” jamiyati nomi bilan rasmiy ro’yxatdan o’tgan. Mazkur jamiyat o’zining nizomi, muhri, ramzlari va rasmiy websayti hamda shajarlarni tasdiqlanganlik haqida beriladigan sertifikatlariga ega. Shuningdek jamiyatning dunyodagi boshqa mamlakatlarda, jumladan O’zbekiston, Saudiya Arabistoni, Pokiston davlatlarida mintaqaviy vakillari mavjud.

Jamiyatni tashkilot muassislaridan hisoblangan va hozirda Turkiya Respublikasi, Kars shahri, Kavkaz Universiteti, Ilohiyot (dinshunoslik) fakultetining ilmiy xodimi islomshunos, filolog Sardorxon Jahongirov boshqaradi.

2020 yilning boshlarida jamiyat qayta tashkil etilib, hamkorlari soni kengaydi va Turkiya Respublikasi, Kars shahri, Kavkaz Universiteti, Haraqoniy ilmiy markazi jamiyatning yangi muassisi etib  belgilandi. Shuningdek, xorijiy xalqaro jamiyat O’zbekiston Respublikasida rasmiy vakolatxonasini ochdi va o’zining web saytini qayta tashkil qildi. Jamiyat òzining shajarashunos va manbashunos mutaxassislariga ega bòlib, ularning orasida Ahmad Yassaviy avlodlaridan tarixchi olim, akademik Asqar hoji Obidov va Makhdumi Azami sayyidlardan manbashunos olim Komilxon Kattayev singari faxriy shajarashunoslar hamda O’rta Osiyo va Òzbekiston hududi bòyicha mintaqaviy vakillar Sarvarxon Jahongirov va Ilhomxon Bahodirovlar faoliyat yuritib kelishmoqda.

Пролистать наверх